17:56 / 08.04.2018
8 117

Samarqandda «Kobalt» va «Neksiya» to‘qnashdi, 8 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda «Kobalt» va «Neksiya» to‘qnashdi, 8 kishi halok bo‘ldi
Kecha, 7 aprel kuni kechki soat 17:25larda Samarqand viloyatining Payariq tumanida jiddiy yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga asosan Xabar nashri ma’lum qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1996 yilda tug‘ilgan O.Kamolov o‘zining «Kobalt» rusumli avtomashinasini «Zarafshon o‘ng sohili» 4R-48 yo‘lining 43-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1995 yilda tug‘ilgan S.Sunnatov boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda «Kobalt» avtomashinasi haydovchisi O.Kamolov va uning 2 nafar yo‘lovchisi voqea joyida, «Neksiya» avtomashinasi haydovchisi S.Sunnatov va uning 4 nafar yo‘lovchisi kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumgan.

Shuningdek «Kobalt» avtomashinasining yana 3 nafar yo‘lovchilari, jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda «Kobalt» va «Neksiya» to‘qnashdi, 8 kishi halok bo‘ldi