O‘zbekiston Qirg‘iziston (60 kunga), Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya va Ukraina bilan vizasiz rejimni yo‘lga qo‘ydi. Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida shu haqida xabar berildi.
2018 yilning 10 fevralidan yetti mamlakat - Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejimi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Yuqorida nomlari qayd etilgan mamlakatlar fuqarolari O‘zbekistonga kirishda amaldagi milliy pasporti yoki xorijiy davlatlarga parvoz vaqtida qo‘llaniluvchi boshqa hujjatga ega bo‘lishi kerak.
Ko‘rsatilgan mamlakatlarda doimiy yashasa-da, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan vizasiz rejim qo‘llanmaydi.
Vizasiz rejim O‘zbekistonga kelgan kundan boshlab 30 kun davomida amalda bo‘ladi. 30 kunlik muddat tugagunicha chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududini tark etishi kerak bo‘ladi. O‘zbekistonda 30 kundan ortiq vaqt qolishni rejalashtirgan xorij fuqarosi safar maqsadidan kelib chiqib, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishi kerak bo‘ladi.
Ta’kidlash joizki, 2018 yilning 10 fevralidan 39 mamlakat fuqarolari uchun turistik vizalarni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilindi. Bundan avval esa Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Fransiya, Shveysariya, Tailand, Chexiya va Polsha fuqarolari uchun soddalashtirilgan viza rejimi amalda qo‘llangan.
2018 yilning 10 fevralidan soddalashtirilgan viza rejimi amalda qo‘llanuvchi mamlakatlar ro‘yxati:
1. Avstraliya;
2. Albaniya Respublikasi;
3. Andorra qirolligi;
4. Bolgariya Respublikasi;
5. Bosniya va Gersegovina;
6. Vatikan;
7. Vengriya;
8. Gretsiya;
9. Daniya qirolligi;
10. Hindiston Respublikasi;
11. Irlandiya;
12. Islandiya;
13. Kuvayt davlati;
14. Kanada;
15. Litva Respublikasi;
16. Xitoy Xalq Respublikasi (Honkong XXR maxsus ma’muriy hududi bilan birga)
17. Lixtenshteyn qirolligi;
18. Lyuksemburg;
19. Makedoniya Respublikasi;
20. Malta Respublikasi;
21. Monako qirolligi;
22. Niderlandiya qirolligi;
23. Yangi Zelandiya;
24. Norvegiya qirolligi;
25. Birlashgan Arab Amirliklari;
26. Ummon sultonligi;
27. Portugaliya Respublikasi;
28. Ruminiya;
29. San-Marino Respublikasi;
30. Saudiya Arabistoni qirolligi;
31. Serbiya Respublikasi;
32. Slovakiya Respublikasi;
33. Sloveniya Respublikasi;
34. Amerika Qo‘shma Shtatlari;
35. Finlyandiya Respublikasi;
36. Xorvatiya Respublikasi;
37. Chernogoriya;
38. Shvetsiya qirolligi;
39. Estoniya Respublikasi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?