20:14 / 09.04.2018
5 956

Namanganda tunda yo‘lda o‘tirgan mast fuqaroni KAMAZ urib ketdi (video)

Namanganda tunda yo‘lda o‘tirgan mast fuqaroni KAMAZ urib ketdi (video)
Namangan viloyatida inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Tezkor xabarlar» dasturida ma’lum qilindi.

Xabar berishlaricha, tungi vaqtda o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan KAMAZ yuk mashinasi yo‘lda o‘tirgan kishini urib yuborgan. Haydovchi nima bo‘lganini bilgach, qo‘rqib ketib, jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmay, voqea joyidan ketib qolgan.

Gumondagi haydovchining so‘zlariga ko‘ra, qarama-qarshi tomondan kelayotgan avtomobillarning chiroqlari juda yorug‘ligidan (ko‘zlari qamashib) yo‘lda o‘tirgan odamni ko‘rmay qolib, urib yuborgan.

«Tezkor xabarlar» dasturida qayd etilishicha, voqea yuz bergan vaqtda haydovchi hushyor, yo‘lda o‘tirgan fuqaro esa mast holda bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda tunda yo‘lda o‘tirgan mast fuqaroni KAMAZ urib ketdi (video)