18:54 / 11.04.2018
4 458

Yaponiyalik sayyohlar sayohat uchun O‘zbekistonni tanlashdi

Yaponiyalik sayyohlar sayohat uchun O‘zbekistonni tanlashdi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining "Boeing-767" samolyotida Tokio — Narita — Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilgan 60 nafar yaponiyalik sayyoh yurtimizga tashrif buyurdi.
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida mehmonlarni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK hamda OAV vakillari kutib olishdi.

Bir haftalik safar dasturiga ko‘ra, yaponiyalik sayyohlar poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari hamda Urganch, Samarqand va Buxoroning qadimiy me’moriy yodgorliklari bilan tanishishni rejalashtirishgan.

16 aprel kuni yurtimiz mehmonlari “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining samolyotida Yaponiyaga qaytib ketishadi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda Yaponiya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgandan so‘ng, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yaponiyalik sayyohlarni Fukuoko, Nagoya va Osaka shaharlaridan Samarqandga tashish uchun maxsus dastur asosida haftaning dushanba va payshanba kunlari qatnovlarni amalga oshirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yaponiyalik sayyohlar sayohat uchun O‘zbekistonni tanlashdi