O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 27 fevraldagi 106-son qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida qarori (VMQ-269, 06.04.2018 y.) qabul qilindi.
Ushbu hujjatga ko‘ra, ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlashda davlat notarial idorasi idoralararo elektron tarzda hamkorlik qilish tizimi orqali:
2019 yil 1 yanvardan O‘zbekistonning barcha hududida (Toshkent shahri bundan mustasno) elektr va gaz ta’minoti;
2021 yil 1 yanvardan boshlab issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish bo‘yicha qarzdorlik haqidagi ma’lumotlarni mustaqil oladi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 1 iyuldan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi notariuslar ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlashda notariuslar quyidagi ma’lumotlarni fuqarolardan emas,
balki mustaqil ravishda elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda tekshirishi lozim:
- bino va inshootlarning tarkibi va tegishliligi to‘g‘risidagi;
- soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini;
- doimiy propiskaga ega shaxslar yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan) shaxslarning pasportiga oid ma’lumotlarni.
Toshkent shahrida esa, 2017 yil 1 iyuldan boshlab, ko‘chmas mulklarni oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini tasdiqlashda talab etiladigan hujjatlarni (pasport va kadastr yig‘ma jildidan tashqari) notariuslar mustaqil ravishda elektron hamkorlik orqali tekshirishi shart, deb yozadi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi