08:04 / 13.04.2018
5 259

Kattaqo‘rg‘on prokuraturasi o‘qituvchilar obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganini tan oldi

Kattaqo‘rg‘on prokuraturasi o‘qituvchilar obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganini tan oldi
Foto: «Xabar.uz»
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani prokuraturasi o‘qituvchilar 14 mart kuni obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganini tan oldi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, aynan o‘sha kungi hashar chog‘ida yosh o‘qituvchi Diana Yenikeyeva fojiali halok bo‘lgan edi.

Nashrning tuman prokuraturasidagi manbalariga tayanib bildirishicha, obodonlashtirish ishlarini o‘tkazishda tegishli choralarni ko‘rmaganlik uchun 29 mart kuni xalq ta’limi vazirining buyrug‘iga binoan tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri A. Jumanazarov ishdan olingan.

Bundan tashqari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan 42-maktab direktori N. Boltayeva ishdan olingan, direktor o‘rinosari X. Mamatovga hayfsan e’lon qilingan.

Prokuratura vakillari maktab direktori o‘rinbosari o‘qituvchilarning obodonlashtirishga olib chiqilishini direktor topshirig‘iga binoan tashkillashtirganini tasdiqladi.

Maktab direktori O‘zbekiston mehnat kodeksining 177-moddasini buzgan deb topildi. Ushbu moddaga ko‘ra, ish beruvchi ishchidan uning mehnat majburiyatiga kirmaydigan yumushlarni bajarishni talab qilishga haqli emas.

«U darhaqiqat ushbu moddani buzgan, — dedi nashrning suhbatdoshi. —Bundan tashqari, u ruxsatsiz Toshkentga borib, voqea payti o‘sha yerda bo‘lgan. Bu ikki qoidabuzarlik uchun u lavozimidan bo‘shatildi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kattaqo‘rg‘on prokuraturasi o‘qituvchilar obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganini tan oldi