00:30 / 15.04.2018
8 097

«Hamidulloh domla» Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi (video)

«Hamidulloh domla» Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi (video)
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining tezkor tadbirlari natijasida terroristik tashkilotlardan birining targ‘ibotchisi — Hamidullo Mamanazarov Turkiydan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. «Hamidulloh domla» taxallusi ostida tanilgan Hamidullo Mamanazarov 1982 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Bu haqda, «O‘zbekiston 24« telekanaliga tayanib, UzNews xabar berdi.

U uzoq yillar davomida Istanbul shahrida «Ehson-Ilm» noqonuniy tashkilotida ustozlik, keyinchalik esa rahbarlik qilgan. Mazkur tashkilot 2009 yilda Abdullo Buxoriy nomi ostida tanilgan va terroristik guruhlarning sherigi bo‘lgan andijonlik Mirzog‘olib Hamidov tomonidan tuzilgan.

Mazkur tashkilot «Turkiston islom harakati», «Jibhat an-Nusra» va boshqa terroristik guruhlar mablag‘lari hisobiga tashkil qilingan. Tashkilot Islom ahkomlarini internet orqali o‘rgatish bahonasi bilan MDH davlatlaridan yoshlarni o‘z safiga og‘dirish faoliyati bilan shug‘ullangan.

Xabar berishlaricha, dastlab o‘quvchilarga diniy bilim berilgan. Shu blan bir vaqtda ular ustida g‘oyaviy ishlar olib borilgan va keyinchalik Suriydagi guruhlarga jo‘natish maqsadida ularga ekstremistik g‘oyalar singdirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Hamidulloh domla» Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi (video)