17:43 / 16.04.2018
7 787

Shavkat Mirziyoyev yana sobiq Bosh prokurorni esladi

Shavkat Mirziyoyev yana sobiq Bosh prokurorni esladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi kurash va sadoqat bilan mehnat qilish haqida gapirib, sobiq Bosh prokuror Rashid Qodirov va uning o‘rinbosari lavozimida ishlagan ikki nafar sobiq amaldorlar haqida vaqti soati bilan batafsil ma’lumot berishini aytdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Joriy yilning 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda nutq so‘zlagan davlat rahbari jumladan shunday dedi:

«Sobiq Bosh prokurorning 2 nafar o‘rinbosari ham qamoqqa olingan. Bundan tashqari, [sobiq] MXX raisining 3 nafar o‘rinbosari ham qamoqda. Bittasi (Shuhrat G‘ulomov - tahr.) umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan. Nimaga? Korrupsiya! Vaqt keladi, tergov harakatlari tugasin, men hammasini televideniye orqali aytaman: Bosh prokuror (Rashid Qodirov nazarda tutilmoqda - tahr.) nimalar bilan shug‘ullangan».

Eslatib o‘tamiz, bundan avval prezident Samarqandda o‘tgan yig‘ilishda ham 7 tuman prokurorining faoliyati haqida gapirgandi.

«Samarqandda ham 7 tuman prokurori har oyda berib turgan. Har oyda 2 ming dollardan bergan, prokuror bo‘lish uchun 35-40 ming dollardan bergan. Tayloq tumani prokurori 40 ming bergan bo‘lsa, bu pulni qaytarishi uchun Tayloqni sotishi kerak-ku? Mana qanday vaziyatda yashaganmiz», deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.​

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev yana sobiq Bosh prokurorni esladi