23:04 / 16.04.2018
4 396

Shavkat Mirziyoyev «Navbahor» klubining ashaddiy muxlislariga 22 ming futbolka sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev «Navbahor» klubining ashaddiy muxlislariga 22 ming futbolka sovg‘a qildi
Bugun, 16 aprel kuni Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohning anjumanlar zalida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar qildi.

Namangan viloyat hokimi, Namangan viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozarov rahbarligida va klubga tegishli bo‘lgan mutasaddilar, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilar ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda “Navbahor” xalq jamoasi ekanligi, jamoada g‘alabaga bo‘lgan ruh kuchli bo‘lishi, futbolchilar ahil bo‘lishlari va bir maqsad yo‘lida birlashishlari, joriy mavsumda jamoaning oldiga ulkan maqsadlar qo‘yilganligi, “Navbahor” Yurtboshimiz va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanayotganligi, “Markaziy” o‘yingohning tomoshabinlar sig‘imini kengaytirish yoki Namanganda yana bir yangi stadion barpo etish rejasi borligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish so‘ngida tashkiliy masala ko‘rildi. Shu kungacha “Navbahor” direktori lavozimida faoliyat yuritgan Akramjon Dedabayev o‘rniga Baxtiyor Boboyev tayinlandi. Xayrulla Bozarov “Bunyodkor” jamoasini 5 marta chempion bo‘lishida Baxtiyor Boboyevning munosib hissasi borligini ta’kidlab, “Navbahor”ning ham bu yil chempion bo‘lishida unga omad yor bo‘lishini tiladi. O‘z o‘rnida Baxtiyor Meliyevich ham so‘zga chiqib, o‘ziga nisbatan bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirar ekan, jamoaning oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishini ta’kidladi.

Shu o‘rinda klub tomonidan Superliganing navbatdagi turi – “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinga alohida tayyorgarlik ko‘rilayotganligini ham aytish joiz.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan “Navbahor” jamoasining fidoiy, ashaddiy futbol muxlislariga futbolga bo‘lgan mehri sababli sovg‘a sifatida 22 ming dona futbolkalar taqdim etildi.

20 aprel kuni soat 18:00 da Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda Superliga 7-turidan o‘rin olgan “Navbahor” - “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga tashrif buyurgan har bir jonkuyar futbol muxlislarga mazkur futbolkalar bepul tarqatiladi.

“Bunyodkor” klubiga qarshi kechadigan o‘yindan oldin el suygan, viloyatning taniqli estrada xonandalari ishtirokida shou konsert dasturi ham namoyish etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev «Navbahor» klubining ashaddiy muxlislariga 22 ming futbolka sovg‘a qildi