07:04 / 18.04.2018
6 172

Toshkent bozorlarida 1 maydan noqonuniy savdoga chek qo‘yiladi

Toshkent bozorlarida 1 maydan noqonuniy savdoga chek qo‘yiladi
2018 yilning 1 may kunidan boshlab poytaxtdagi dehqon bozorlari, savdo komplekslari va ixtisoslashtirilgan bozorlar hududida, sanitariya talablariga javob bermaydigan joylarda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, salqin ichimliklar, turli taomlar bilan noqonuniy savdo qilish holatlariga chek qo‘yiladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, Toshkent shahar hokimining "Toshkent shahri hududida noqonuniy savdolarni bartaraf etish, mavsumiy savdo va umumiy ovqatlanish tarmog‘i ob’ektlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori e’lon qilingan. Mazkur qaror belgilanmagan joylarda nostandart hajmdagi idishlarda turli ichimliklarni sotish, sanitariya talablariga javob bermaydigan meva-sabzavotlar, chorva mollari va parranda go‘shtlarinining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanish holatlarining oldini olish va xalq dasturxoniga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazish maqsadida qabul qilingan.

Qarorga muvofiq, 2018 yilning 1 may kunidan boshlab poytaxtdagi dehqon bozorlari, savdo komplekslari va ixtisoslashtirilgan bozorlar hududida, sanitariya talablariga javob bermaydigan joylarda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari, salqin ichimliklar, turli taomlar bilan noqonuniy savdo qilish holatlariga chek qo‘yiladi.

Shuningdek, bozorlar va uning hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va ishchi-xizmatchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, maxsus ish kiyimlari bilan ta’minlanganligi, mahsulotlarni saqlash va sotish qoidalariga rioya qilinishi, ish joylarining sanitariya holatiga to‘liq javob berilishi nazoratga olinadi.

Bundan tashqari, dehqon bozorlari va shahobchalari hududida go‘sht, sut, parranda tuxumi, salat va qandolat mahsulotlari savdosi amalga oshiriladigan rastalarda sovutgich uskunalarining bo‘lishi va doimiy ishlashi yuzasidan tekshiruvlar olib boriladi.

Qabul qilingan qarorga muvofiq Toshkent shahar hokimi tuman hokimlari zimmasiga tuman hududida mavsumiy savdolarni tartibga solish hamda aholi salomatligini himoya qilish maqsadida ko‘chma savdo bilan shug‘ullanish istagini bildirgan tadbirkorlik sub’ektlariga ruxsat berishda Vazirlar Mahkamasining "Ko‘chma savdoga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaroriga qat’iy rioya qilish talabini qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent bozorlarida 1 maydan noqonuniy savdoga chek qo‘yiladi