Joriy yilning 19 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatning oldini olishdi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanalida namoyish etilgan lavhada aytilgan.
Qayd etilishicha, maxsus xizmat xodimlari tomonidan Qo‘shko‘pir tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi Umurbek Atanazarov fuqarolarni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish uchun ko‘maklashish bahonasida aldov orqali ularning pullarini olish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Umurbek Atanazarov Janubiy Koreya davlatiga shartnoma asosida ishga jo‘natish uchun ikki nafar fuqarodan sakkiz ming AQSh dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Dastlabki tergovoldi surishtiruvi vaqtida Umurbek Atanazarov shu vaqtga qadar 12 nafar fuqarodan jami 22 ming 400 AQSh dollari olganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha hokim yordamchisi Umurbek Atanazarovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin