17:20 / 21.04.2018
5 354

Buxoroda o‘zini DXX xodimlari deb fuqarodan 1 mln dollar talab qilishdi

Buxoroda o‘zini DXX xodimlari deb fuqarodan 1 mln dollar talab qilishdi
O‘zini Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari deb tanishtirgan fuqarolar ko‘p miqdordagi pulni qo‘lga kiritib, Rossiyaga qochib ketishga ham muvaffaq bo‘lishgan.

Kogon shahar IIBga Do‘stlik ko‘chasi, 14”a” uyda yashovchi nafaqadagi (ilgari “Kogonyog‘ekstrat” zavodi rahbari bo‘lib ishlagan) Ato O‘ljayev ariza orqali murojaat qilib, 2018 yil 13 aprel kech soat taxminan 21.30 lar chamasi uch nafar noma’lum shaxslar oldindan jinoiy til biriktirgan holda oq rangli “Lasetti” rusumli avtomashinada uning uyi oldiga kelib, ko‘chada o‘tirgan vaqtida o‘zlarini Respublika DXX maxsus xizmati xodimlari deb tanishtirib, xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, unga nisbatan Toshkent shahrida jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligini, uni Toshkent shahriga yuzlashtirish va boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish uchun olib borishlari kerakligini aytib, qo‘rqitib, unga nisbatan tazyiq o‘tkazmaslik uchun hamda ishni hal qilib berishlari evaziga bir million AQSh dollarini berishini talab qilishadi.

Shu ko‘cha hududida joylashgan Kogon tuman Tibbiyot birlashmasi binosi yaqinida undan juda ko‘p miqdordagi naqd 500.000 AQSh dollarlarini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, avtomashinada Kogon-Buxoro shahri yo‘nalishida harakatlanib, voqea joyidan yashiringanliklarini bildirgan edi.

Jinoyatni fosh etish borasida viloyat IIB boshlig‘i tomonidan tuzilgan tergov-tezkor guruhi a’zolari tomonidan olib borilgan tezkor-tergov va surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni 1984 yilda tug‘ilgan, Kogon tumani, Dumilyon ko‘chasida yashovchi, muqaddam O‘z.R.JKning 277-moddasi bilan sudlangan fuqaro Qosimov Bahodir Raupovich, 1984 yilda tug‘ilgan, muqaddam O‘z.R JKning 210 va 165-moddalari bilan sudlangan, Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Beruniy ko‘chasi, 46-uy, 9-xonada yashovchi Gulyamov Parviz Xabibullayevich, 1984 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Beruniy ko‘chasi 144-uy 14-xonada yashovchi Mahmudov Sunnat Axtamovich, 1977 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahar, Spetamen shoh ko‘chasi 2-yo‘lak, 97-uyda yashovchi, Yusupov Mustafo Sulaymanovich va 1984 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahar, Husayn Bayqaro ko‘chasi 53-uyda yashovchi Mamedov Alibek G‘ulomovichlar sodir qilganligi aniqlanib, jinoiy guruhning ikki nafar a’zolari — Gulyamov Parviz Habibullayevich hamda Qosimov Bahodir Raupovichlar O‘zbekiston Respublikasi hududida ushlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, “Qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyatchilarning qolganlari ya’ni, Mahmudov Sunnat Axtamovich, Yusupov Mustafo Sulaymanovich va Mamedov Alibek G‘ulomovichlar jinoyat sodir etib O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganligi sababli ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sirtdan ayblov va qidiruv e’lon qilinib, “Qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan shu kunning o‘zida uchala hamtovoqlar Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Qozon shahrida ushlanib, Tatariston Respublikasi Jazoni ijro etish boshqarmasiga qarashli 1-sonli Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan hamda hozirgi vaqtda ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda o‘zini DXX xodimlari deb fuqarodan 1 mln dollar talab qilishdi