11:24 / 23.04.2018
4 520

YHXB noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillarni fotoqayd qilishni boshladi

YHXB noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillarni fotoqayd qilishni boshladi
Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillarga qarsh kurashning yangi uslubiga o‘tdi.

Ikki oy oldin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev IIVga tartibsiz uyushtirilgan avtomobillar to‘xtash joylariga qarshi kurashni boshlash kerakligi haqida xabar qilgan edik. Xususan, huquqni saqlash organlari mumkin bo‘lmagan joylarda to‘xtab turgan avtomobillarni jarimaga tortishning soddalashtirilgan mexanizmini ishlab chiqishlari kerak edi.

Toshkent shahar IIBBning YHXB boshlig‘i Barat Mamenov aytishiga qaraganda, xalqaro tajriba o‘rganib chiqilganidan so‘ng, inspektorlarga noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillarni fotofiksatsiya qilish huquqi berilgan.

Qonunbuzarlik qayd etilgan fotosurat ma’lumotlar bazasiga kiritilganidan so‘ng, avtomobil egasiga pochta orqali jarima xati yuboriladi. Noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillar boshqa transport vositalari harakatlanishiga xalal bergan holdagina – evakuatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik kodeksining 128 moddasida to‘xtab turish mumkin bo‘lmagan joylarda to‘xtatilgan transport vositalari egalarini jarimaga tortish belgilangan. Birincha marta ushbu qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan haydovchilar eng kam ish haqqining 3 baravari miqdorida jarimaga tortiladi. Agar haydovchi yil davomida ushbu qoidabuzarlikni takroran sodir etsa u eng kam ish haqqining 5, 10 va 15 baravari miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » YHXB noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillarni fotoqayd qilishni boshladi