14:24 / 24.04.2018
7 324

«O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning oliy o‘rin sohibi aniqlandi

«O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning oliy o‘rin sohibi aniqlandi
Avval xabar berganimizdek, 21-26 aprel kunlari Olmazor tumanidagi Yoshlar ittifoqining madaniyat saroyida «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni daqiqalarda, ya’ni 24 aprel kuni erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Unga ko‘ra, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi Nuriddinov Yo‘ldoshbek qori Ibrohim o‘g‘li «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning mutlaq g‘olibi, oliy o‘rin sohibi bo‘ldi.

Qayd etish kerak, oliy o‘rin sohibiga Prezident sovg‘asi - "Lacetti" mashinasi beriladi.

Eslatib o‘tamiz, yurtimizda birinchi marotaba Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 3 bosqichli Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning oliy o‘rin sohibi aniqlandi