17:14 / 24.04.2018
6 212

«O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»: O‘zbekistonning eng mohir qorilari bilan tanishing

«O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»: O‘zbekistonning eng mohir qorilari bilan tanishing
Avval xabar berganimizdek, 21-26 aprel kunlari Olmazor tumanidagi Yoshlar ittifoqining madaniyat saroyida erkaklar o‘rtasida «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Hozirgina erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning taqdirlash marosimi o‘z nihoyasiga yetdi.

Unga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida 18-25 yosh bo‘yicha tilovat yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Nizomiddin qori Ismoilov (Toshkent shahri)
2-o‘rin: Hasan qori Komilov (Qashqadaryo viloyati)
3-o‘rin: Nurmuhammed qori (Qoraqalpog‘iston respublikasi)

26-40 yosh bo‘yicha tilovat yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Rasulbek qori Yo‘ldoshev (Farg‘ona viloyati)
2-o‘rin: Isroilxon qori Ne’matjonov (Namangan viloyati)
3-o‘rin: Fayzirahmon qori Mamajanov (Toshkent shahri)

18-25 yosh bo‘yicha hifz yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Muhammadiso qori Mahmudov (Farg‘ona viloyati)
2-o‘rin: Abboshon qori Obidov (Toshkent viloyati)

26-40 yosh bo‘yicha hifz yo‘nalishi g‘oliblari:

1-o‘rin: Ubaydulloh qori Ishoqov (Andijon viloyati)
2-o‘rin: Abdulhamid qori Saidazimov (Jizzah viloyati)
3-o‘rin: Ahmadjon qori Vorisov (Namangan viloyati)

Diniy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi musobaqa g‘oliblari (tilovat yo‘nalishi):

1-o‘rin: Qodirali qori Ahmadjonov (Mir Arab o‘rta-maxsus bilim yurti)
2-o‘rin: Azim qori Ziyoviddinov (Hidoya o‘rta-mahsus bilim yurti) / Hamidulloh qori Hikmatullayev (Muhammad al-Beruniy o‘rta-mahsus bilim yurti)
3-o‘rin: Hamidulloh qori Najmiddinov (Toshkent islom instituti) / Asrorxon qori Hamidov (Ko‘kaldosh o‘rta-mahsus bilim yurti)

Diniy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi musobaqa g‘oliblari (hifz yo‘nalishi):

1-o‘rin: Yo‘ldoshali qori Nuriddinov (Toshkent islom instituti)
2-o‘rin: Muhammadxoji Mirzo qori Saidaliyev (Toshkent islom instituti)
3-o‘rin: Fozilxon qori Boyxonov (Xalqaro islom akademiyasi)

Shuningdek, musobaqada turli nominatsiyalar bo‘yicha ham qorilar taqdirlandi:

Eng hushovoz Qur’on qorisi nominatsiyasi sohibi: Muhsin qori Sodiqov (Farg‘ona viloyati)
Eng yosh Qur’on qorisi nominatsiyasi sohibi: Habibulloh qori Ahmadov (Toshkent shahri)
Eng matonatli Qur’on qorisi nominatsiyasi sohibi: Arzibek qori Begmatov (Farg‘ona viloyati)

Avvalroq Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi Nuriddinov Yo‘ldoshbek qori Ibrohim o‘g‘li «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning mutlaq g‘olibi, oliy o‘rin sohibi bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Qayd etish kerak, «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning mutlaq g‘olibi, oliy o‘rin sohibiga Prezident sovg‘asi – «Lacetti» avtomashinasi topshirildi. Shuningdek, tilovat yo‘nalishi g‘oliblariga ikki kishilik, hifz yo‘nalishi g‘oliblariga uch kishilik umra safari sertifikatlari va homiylarning turli sovg‘alari taqdim etildi.

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»: O‘zbekistonning eng mohir qorilari bilan tanishing