21:55 / 24.04.2018
5 058

Inson bir yilda qancha baliq iste’mol qilishi kerak?

Inson bir yilda qancha baliq iste’mol qilishi kerak?
Foto: Kun.uz
Baliq iste’mol qilishning minimal me’yor miqdori bir yilda bir kishi uchun 12 kilogrammni tashkil kiladi. Respublikada 32 milliondan ziyod aholining baliq iste’mol qilish me’yori 384 ming tonnani tashkil etadi. KUN.UZ 24 aprel kuni Xalqaro Press-klubning "Baliqchilik: yetti xazinaning biri yoxud islohotlarning yangi bosqichi" mavzusidagi sessiyasida taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra, bir kishi bir yilda 12 kilogrammdan kam bo‘lmagan miqdorda baliq iste’mol qilishi kerak. Ko‘p davlatlarda bu me’yoridan ham oshadi, ya’ni 40 kilogrammga ham yetadi. Biroq O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 3 kilogrammni tashkil etadi. Shu bois mamlakatimizda bugungi kunda bu borada tub islohotlar boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni "Baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Ushbu qarorga muvofiq, mamlakatimizda birinchi marta baliqchilik sohasini rivojlantirishning huquqiy tizimi to‘liq shakllandi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan maqsadli dasturlar qabul qilinib, ularning ijrosi ta’minlanib kelmoqda. Ichki bozorning sifatli va arzon narxda baliq mahsulotlari bilan to‘ldirish masalalari hamda baliq mahsulotlarining barqaror narxini saqlanishi Xalqaro Press-klub maydonida muhim muhokama mavzusiga aylandi.

Tadbirda ma’lum qilinishicha, bugungi kunda dunyo bo‘ylab jami 96 million tonna baliq yetishtiriladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich yiliga 450 tonnani tashkil qiladi.

Baliqchilik sohasi bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, hozirda O‘zbekistonda Rossiya, Vengriya, Vetnam davlatlari bilan baliq chovoqlarini ishlab chiqarish va yangi ko‘llarda baliq yetishtirish bo‘yicha yirik hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi hududlarida forel, osetr kabi turdagi baliqlarni yetishtirish bo‘yicha ishlar ham olib boriladi.

Bundan tashqari, qarorda kadrlar tayyorlash masalasi ham alohida e’tiborga olingani ta’kidlandi. 2018-2019 o‘quv yilidan oliy ta’lim muassasalarida baliqchilik sohasiga bakalavr yo‘nalishida qabul kvotalari ikki borabarga ko‘paytiriladigan bo‘ldi. Toshkent Davlat agrar universiteti esa kelgusi o‘quv yilidan 6 nafardan magistr tayyorlashni boshlaydi. Arnasoy qishloq xo‘jalik va transport hamda Quyichirchiq agro-iqtisodiyot kasb-hunar kollejlarida esa baliqchilik sohasida faoliyat yurituvchi kadrlarni qayta o‘qitish kurslari ochiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Inson bir yilda qancha baliq iste’mol qilishi kerak?