15:28 / 25.04.2018
7 629

Namangan san’at kolleji o‘qituvchisi 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi (video)

Namangan san’at kolleji o‘qituvchisi 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi (video)
Namangan viloyati Chortoq tumanida prokuratura va ichki ishlar organlarining hamkorlikdagi tadbiri natijasida pora olishda gumon qilingan o‘qituvchi ushlandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24”ning “Tezkor xabarlar” dasturiga asosan Daryo ma’lum qilmoqda.

Xabar berishlaricha, Namangan san’at kolleji o‘qituvchisi Oqil Mahkamov o‘quvchi qizlardan birining ota-onasiga uning Moskvadagi xalqaro ko‘rik-tanlovdagi ishtiroki uchun ruxsatnoma olib berish, shuningdek, Toshkent davlat konservatoriyasiga davlat granti asosida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Buning uchun u o‘quvchining ota-onasidan 2 ming dollar so‘ragan. “Oqil Mahkamov o‘quvchining ota-onasidan firibgarlik yo‘li bilan 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi”, — deyiladi telekanal axborotida.

Qayd etishlaricha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda pora olishda gumon qilinayotgan o‘qituvchiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangan san’at kolleji o‘qituvchisi 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi (video)