Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati
Xorazm viloyati Urganch tumanidagi G‘oybu qishlog‘ida joylashgan “Shirintoy” bolalar bog‘chasiga Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning tashrifi arafasida ikkita poni oti olib kelindi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligining matbuot xizmatiga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Endilikda ushbu bog‘chada tarbiyalanayotgan bolalar ippoterapiya ya’ni ot ustida yurish orqali fizioterapiya muolajasini olishlari mumkin bo‘ladi.
“Psixologiya nuqtai nazaridan ot bilan aloqa insonda ijobiy hissiyot uyg‘otadi. Uning baquvvat bo‘lishiga ko‘maklashadi”, — deyiladi xabarda.
“Shirintoy” bolalar bog‘chasidagi oltita guruhda 120 nafar tarbiyalanuvchi bo‘lib, unda sport, rus va ingliz tillari bo‘yicha guruhlar mavjud.
Mahalliy aholi vakillari takliflariga ko‘ra, maktabgacha ta’lim muassasasida yana ikkita qisqa muddatli tayyorlov guruhlari ochildi va hozirda ularda 50 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Bolalar bog‘chasi 2,6 milliard so‘m miqdoridagi investitsiyalar hisobiga barpo etildi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Agrippina Shin bog‘chada bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va ta’lim jarayoni bo‘yicha tavsiyalar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi