5 178
“Hi-tech bank”dagi “kamchilik”ni yopib berish uchun 500 ming dollar pora olgan firibgarlar qo‘lga olindi
Foto: www.prokuratura.uz
22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan fuqaro A.Sarkisyan ushlandi.
U ayblanuvchi Ya.M.ga go‘yoki mansabdor shaxsga pora berganlik uchun javobgarlikka tortilmasligini aytib, 200 ming AQSH dollari olgan.
Shuningdek, “Hi-tech bank” mansabdor shaxslaridan tekshiruv davomida aniqlangan zararni kamaytirish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo‘llanmasligiga va’da berib firibgarlik yo‘li bilan 500 ming AQSH dollari olgan fuqarolar S. Aleksandrov va Ye. Fozilov qo‘lga olindi.
2016-2017 yillarda F. Andreyev, R. Rafiqov, D. Mashkovskiy uchta jinoyat ishi bo‘yicha ayblanayotgan yaqin qarindoshlari ishonchiga kirgan. Ularni jinoiy javobgarlikdan ozod etish va oqlanishlariga va’da bergan holda jalg‘itib, buning uchun mansabdor shaxslarga 150 ming dollar pora topshirish zarurligini bildirgan. Va firibgarlik yo‘li bilan umumiy qiymati 50 ming dollar va qariyb 20 million so‘mni o‘zlashtirgan.
Bosh prokuratura fuqarolarni bu borada xushyor bo‘lib, yolg‘on va’dalarga ishonmaslik hamda bunday shaxslar qarmog‘iga ilinmaslik hamda shu kabi holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga xabar berishga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi