15:52 / 26.04.2018
4 657

Ekspert: “Mirziyoyev Ashxobodni izolyatsiyadan olib chiqib, Markaziy Osiyoda yetakchiga aylanmoqda”

Эксперт: "Мирзиёев Ашхободни изоляциядан олиб чиқиб, Марказий Осиёда етакчига айланмоқда"
Oliy iqtisodiyot maktabi o‘qituvchisi, Yaqin Sharq bo‘yicha mutaxassis Grigoriy Lukyanov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifining ahamiyati borasida o‘z fikrlarni bildirdi, deb xabar beradi Daryo.

“Mazkur tashrif mahalliy OAVlarda yetarlicha yoritildi, axborot makonida pozitsiya ishlab chiqildi, bu esa unga katta umidlar bildirilganida dalolatdir”, — deya ta’kidlaydi Lukyanov.

Ekspertning aytishicha, shaharning bezatilishi va axborot makonining tayyorgarligi Toshkent tashrifga katta umidlar bildirganidan va ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish niyatida ekanligidan darak beradi.

“Bu O‘zbekiston uchun jiddiy qadam bo‘lib, Mirziyoyevning siyosati o‘z mevasini berayotganining ramzi hisoblanadi. Agarda O‘zbekiston Turkmaniston bilan munosabatlarda ijobiy natijalarga erishsa, yangi prezident nafaqat iqtisodiy, balki Markaziy Osiyoda butun siyosiy dunyoqarashni isloh qilishga qodir ekanligini namoyon etgan bo‘ladi”, — deydi Lukyanov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ekspert: “Mirziyoyev Ashxobodni izolyatsiyadan olib chiqib, Markaziy Osiyoda yetakchiga aylanmoqda”