21:28 / 26.04.2018
5 898

O‘zbekiston va Rossiya migrantlar uchun patent olishni soddalashtirdi

O‘zbekiston va Rossiya migrantlar uchun patent olishni soddalashtirdi
O‘zbekiston Rossiyada mehnat migrantlariga patent rasmiylashtirish jarayonida kerakli bo‘lgan rus tili bo‘yicha sertifikat olish va sug‘urta to‘lovi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni hal qildi, deb xabar beradi Sputnik.

“Biz bu bosqichda patent olishda kerak bo‘lgan rus tili bo‘yicha sertifikatni olish muammosini hal qilishga qaror qildik. Hozir bu jarayon ishga tushirilib, biz bu sertifikatlarni o‘zimiz bera olamiz. Shuningdek, biz Rossiyaga kelish va patent olish uchun zarur bo‘lgan sug‘urta masalasini ham hal qildik”, — deb ta’kidladi tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili.

Hozirgi vaqtda yana bir muhim masala — O‘zbekistonda berilgan tibbiy hujjatlarni Rossiyada amal qilishini ta’minlash masalasini hal qilish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

“Buning uchun Rossiya tomonidan bildirilgan bir nechta talablarni bajarish kerak. Bu oddiy jarayon emas. Agar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi buni amalga oshira olsa, o‘ylaymanki, yaqin vaqtlarda bu masalani ham hal qila olamiz”, — dedi tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili.

Bundan tashqari, respublika bo‘ylab mehnat migrantlari uchun rus, ingliz, nemis, koreys tillarini o‘rganish hamda kerakli bo‘lgan kasblar (payvandlovchi, quruvchi) bo‘yicha bepul o‘quv kurslar ochilmoqda.

Agentlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda bu o‘quv kurslar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadagilar uchun bepul tashkil qilingan.

Shuningdek, bu yerda rag‘batlantirish tizimi ham bor, agar ikki oylik o‘quv kursi yakunida o‘quvchi yaxshi natijalarni ko‘rsatsa, u uchinchi oyga ham qoladi.

“Umuman olganda o‘qish muddati boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalariga bog‘liq. O‘quv mashg‘ulotlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan kollejlarda amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda ularning soni 16 tani tashkil qiladi. Deyarli har bir viloyatda ikkitadan bunday kollejlar bor. Bunday istak bildirgan barcha o‘zbekistonliklarga sifatli ta’lim olish imkoniyatini beradi”, — deyiladi xabarda.

Joriy yilda O‘zbekiston Rossiyaga 50 mingdan ortiq mehnat migrantlarini yuborishni rejalashtirgan. Ikkinchi yarim yillikda rekruting faoliyati to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. Bu jarayonga xususiy kompaniyalarni jalb qilish natijasida migrantlarni markazlashgan holda yig‘ish vazifalarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Rossiya migrantlar uchun patent olishni soddalashtirdi