21:03 / 28.04.2018
6 325

Toshkentda YHXB inspektori ishtirokida mudhish YTH sodir bo‘ldi (foto+video)

Toshkentda YHXB inspektori ishtirokida mudhish YTH sodir bo‘ldi (foto+video)
Bugun, 28 aprel kuni tonggi soat 4:34da Yunusobod tumanining Amir Temur va Bog‘ishamol ko‘chalari kesishgan chorrahada yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar YHXB xabariga tayanib Darakchi nashri ma’lum qilmoqda.

X.O. boshqaruvidagi “VAZ-2107” va YHXB inspektori serjant X.M. boshqarib borayotgan “Lasetti” rusumli xizmat mashinasining o‘zaro to‘qnashib ketishi oqibatida har ikkila haydovchi, shuningdek, “Lasetti” yo‘lovchisi — YPX inspektori, safdor O.F. hamda “VAZ-2107” avtomobili yo‘lovchilari Ch.Sh. va G.O. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

“VAZ-2107” salonidagi yana ikki nafar yo‘lovchi — hozirda shaxsi aniqlanayotgan, taxminan 50-60 yoshlardagi erkak va ayol kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhining a’zosi voqea joyidan suratlarni joylashtirdi.




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda YHXB inspektori ishtirokida mudhish YTH sodir bo‘ldi (foto+video)