O‘zbekistonning eng yirik uyali aloqa operatori — Beeline 26,9 milliard so‘m yoki 3,3 million dollar miqdorida jarimaga tortildi.
Kompaniya Aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari bo‘yicha davlat inspeksiyasi shikoyatiga asosan jarimaga tortildi. Tegishli qaror 9 fevral kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan qabul qilingan edi. Toshkent iqtisodiy sudi kollegiyasi Unitel kompaniyasining (O‘zbekistonda Beeline brendi sohibi) apellyatsiyani rad etdi. Shu tariqa, operator jarimani to‘laydigan bo‘ldi.
O‘zbekistonda ilk bor hukumatning tegishli qarori asosida 2017 yil oxirida Ucell operatori aloqa sohasidagi standartlar hamda davlat normativ aktlari me’yorlarini buzgani uchun 17 milliard so‘m jarimaga tortilgan edi. Beeline bilan bog‘liq sud tortishuvi ikkinchi holat bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi