14:24 / 30.04.2018
6 962

Ichki ishlar organi xodimi jurnalistga kamerani sindirib tashlash bilan tahdid qildi (video)

Ichki ishlar organi xodimi jurnalistga kamerani sindirib tashlash bilan tahdid qildi (video)
Toshkent shahar IIBB Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi O‘zMTRK “Toshkent” telekanali jurnalistlariga kamerani sindirib tashlash bilan tahdid qildi.

Telekanaldagi “Poytaxt yo‘llarida” ko‘rsatuvi boshlovchisi ichki ishlar organi xodimidan tegishli ma’lumot so‘raganida, boshqa bir xodimning qarshiligiga uchragan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ichki ishlar organi xodimi jurnalistning kamerasini sindirib tashlashi haqida aytgani tasvirlangan.

Toshkent shahar IIBB ham ushbu lavha yuzasidan bayonot berdi.

“Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi “Toshkent” telekanali jurnalisti tomonidan tasvirga olingan Qo‘riqlash xizmati xodimining noto‘g‘ri xatti-harakati (ushbu telekanal va "Poytaxt yo‘llarida" ko‘rsatuvi logotipi tushirilgan videotasvir Internet tarmog‘ida tarqatilgan) yuzasidan xizmat surishtiruvi olib borilayotganligi haqida xabar beradi”, - deyiladi bayonotda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ichki ishlar organi xodimi jurnalistga kamerani sindirib tashlash bilan tahdid qildi (video)