06:30 / 01.05.2018
5 263

Viloyatlarda mehmonxonalar qurilishi uchun 20 tadan yer uchastkasi ajratiladi

Viloyatlarda mehmonxonalar qurilishi uchun 20 tadan yer uchastkasi ajratiladi
Buxorodagi New Moon mehmonxonasi.
Foto: MICE Solutions
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida xorijiy investorlar ko‘magida yangi mehmonxonalar qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shohrux Sharahmetov 30 aprel kuni turk jurnalistlari uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

«Har bir viloyat hokimiga o‘z hududidan 20 tadan yer uchastkasini xorijiy investorlarga ajratib berish bo‘yicha topshiriq berilgan. Bu yer uchastkalariga mehmonxonalar qurilishi ko‘zda tutilgan», — dedi Shohrux Sharahmetov.

Brifing davomida e’tiborga molik bir statistik ma’lumot keltirib o‘tildi: birgina Toshkentdagi turli darajadagi 150 mehmonxonaning jami sig‘imi 11 ming o‘rin bo‘lsa, Antaliyadagi bir mulkdorga tegishli faqat 12 mehmonxonaning umumiy sig‘imi 12 ming o‘rinni tashkil etadi.

Shu munosabat bilan, qo‘mitaning Hududlarda turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mirtolib Mirzohidov O‘zbekistonda 2018—2019 yillarda kamida 100 ta yangi mehmonxonaga ehtiyoj borligini ma’lum qilib, turk investorlarini O‘zbekistonda ushbu sohaga sarmoya kiritishga chaqirdi.

Avvalroq, 27 fevral kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Prezident O‘zbekistonning katta shaharlarida 100 tadan, boshqa shaharlarida esa 20 tadan mehmonxonalar qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergani ma’lum qilingan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Viloyatlarda mehmonxonalar qurilishi uchun 20 tadan yer uchastkasi ajratiladi