11:06 / 01.05.2018
4 800

Shomahmudovlar oilasining katta qizi Prezidentni duo qilmoqda

Shomahmudovlar oilasining katta qizi Prezidentni duo qilmoqda
Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan ikkinchi Jahon urushi yillarida turli millatlarga mansub bo‘lgan 15 nafar bolani o‘z qanotiga olgan Shoahmad va Bahri Shomahmudovlar oilasining xalqlar do‘stligini ifoda etib turuvchi haykallari Toshkent shahridagi “Istiqlol” san’at saroyining maydoniga ko‘chirilishi haqida xabar qilgan edik.

Mana shu xabardan keyin Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xodimlari Shayhontohur tumani Jarariq mahallasida yashovchi Shomahmudovlar oilasining katta qizi Xolida xolaning xonadoniga tashrif buyurdilar. Xolida xola bundan xabar topganini va mamnunligini, adolat qaror topdi deya, Prezidentni qayta-qayta duo qilayotganini aytgan.

"Shu kunlarga yetib kelganimga shukr. Hamma bo‘layotgan xayrli ishlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rayotganimga shukr", — degan Xolida xola va hazil o‘rnida "9 may kuni uzun limuzin mashinasida dodamning nomi qayd etilgan maydonga olib boringlar", degan kulib.

Xolida xola bugungi kunda ikki nevara, besh evara bag‘rida sog‘-salomat hayot kechirmoqda, deyilgan hokimlik xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shomahmudovlar oilasining katta qizi Prezidentni duo qilmoqda