Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida, O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Ikki mamlakat Ichki ishlar vazirlari tomonidan "O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik qilish to‘g‘risida Bitim", "O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida huquqni muhofaza qilish sohasida o‘qitish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Protokol"lari imzolangan.
Ikki mamlakat IIV rahbarlari o‘tkazgan muzokara davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, terrorizm va turli xil xalqaro jinoyatlarga qarshi kurashish, shuningdek, bu kabi jinoyatlarni oldini olishda o‘zaro hamkorlik muhimligi bildirilgan.
"O‘zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirlari ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash, hamkorlik salohiyatini yanada yuqoriga ko‘tarish maqsadida, ikki mamlakat Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tuzish masalasini muhokama qilishdi", - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi