12:55 / 02.05.2018
10 150

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdan keyin o‘rnilariga bay’at qilish mumkin bo‘lgan pir bormi?

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdan keyin o‘rnilariga bay’at qilish mumkin bo‘lgan pir bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf vafotlaridan so‘ng o‘rinlariga bay’at qilishi mumkin bo‘lgan lirorta pirni tavsiya qilganmilar? Mazkur savolga ustoz Mubashshir Ahmad quyidagicha javob berdilar.

Savol: Assalomu alaykum, ustoz. Tariqat yo‘liga kirmoqchi edim. Hozirgi kunda ko‘p pirlarni maslahat berishdi, lekin ularning shariatga to‘g‘ri kelmaydigan gaplari bor ekanligini eshitib, ikkilanib turibman. Marhum shayximiz Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Tasavvuf haqida tasavvur» kitoblarini o‘qiganimdan keyin bunga amin xam bo‘ldim.

Eshitishim bo‘yicha, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ham Naqshbandiya tariqati piri bo‘lgan ekanlar. Savolim shuki, u kishidan keyin o‘rinlariga bay’at qilish mumkin bo‘lgan pir bormi? Yoki siz bilgan shariatga qarab ish tutadigan shayxlar bor bo‘lsa, maslahat bersangiz juda minnatdor bo‘lar edim. Iltimos, shu masalada yordam bering. Oldindan rahmat.

Javob: O‘zingiz «qo‘l beradigan» murshid Qur’on va Sunnatga amal qiladigan, hayotini shariatga muvofiq o‘tkazadigan bo‘lishi shart. Siz bu to‘g‘rida ikkilanib to‘g‘ri qilgansiz, juda diqqatli bo‘lish kerak.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh hazratlari garchi tasavvuf ustozi ham bo‘lsalarda, birovni bu o‘ringa tavsiya qilganlaridan xabarimiz yo‘q.

Ammo diyorimizda Naqshbandiya tariqati murshidlariga muntasib bo‘lgan ahli ilmlar bor. Shaxsiyda ularning nomlarini aytib o‘tamiz.

Vallohu a’lam.
Mubashshir Ahmad

Manba: azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufdan keyin o‘rnilariga bay’at qilish mumkin bo‘lgan pir bormi?