23:39 / 04.05.2018
5 290

Oqqo‘rg‘onda "soxta tabib" ushlandi

Оққўрғонда "сохта табиб" ушланди
Illyustrativ surat. Foto: «Baltnews.lv»
2018 yil fevral oyi oxirida oqqo‘rg‘onlik I.X. viloyatdoshi I.D.ni uchratib qoladi. I.D. 2000 yilda tug‘ilgan qizi kasallikka chalinganini, dilbandining tuzalishi uchun qilmagan muolajasi qolmaganini aytadi.

Tayyor o‘ljani qo‘lga kiritgan I.X. o‘zini «tabib» deb tanishtirib, bunday kasallikni davolash qo‘lidan kelishini, bemorni 4 oy davomida uqalash yo‘li bilan tuzatishi mumkinligini aytadi.

«Tabib» xizmat haqiga 500 AQSh dollari so‘raydi. Ota qizining tuzalib ketishiga astoydil ishonib, so‘ralgan pulni beradi. «Soxta tabib» esa pullarni olib, voqea joyidan yashirinadi.

Hozir ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oqqo‘rg‘onda "soxta tabib" ushlandi