09:05 / 05.05.2018
5 424

Gasparyan Mirziyoyev nega Toshkentda sovet davridagi nomlarni qaytarayotgani haqida

Gasparyan Mirziyoyev nega Toshkentda sovet davridagi nomlarni qaytarayotgani haqida
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Xalqlar do‘stligi"ni tiklashga qaror qildi. Ekspert va siyosatshunos Armen Gasparyan metro stansiyasi va maydonga joylarning tarixiy nomlari qaytarilishi bilan bog‘liq qarorga sharh berib o‘tdi.

"Bu, nostalgiya emas, albatta. Bu ko‘proq o‘sha mashhur "qizil loyiha" nimani anglatganini idrok etishni boshlash, demak. O‘tgan asrning 90-yillarida, SSSR tarqalib ketgach, har bir mamlakat o‘zining milliy betakrorligini yuzaga keltira boshlagan edi… Shu bois, sobiq Ittifoqi davridagi toponimik nomlardan tezroq qutulishga harakat qilishardi", — dedi Armen Gasparyan Sputnik O‘zbekiston radiosi efirida.

Ekspertga ko‘ra, avvalgi nomlarning qaytarilishi O‘zbekistonning yangi hukumati uchun normal holat sanaladi. "Axir Toshkentda 60-yillardagi zilziladan keyin shahar qanday qayta tiklanganini yaxshi xotirlashadi", — dedi u.

O‘shanda shaharga butun SSSR yordam bergan edi, deb ta’kidladi Armen Gasparyan. Va, albattaki, o‘zbek xalqining Ulug‘ Vatan urushi g‘alabasiga qo‘shgan hissasi, ayniqsa — boshqa respublikalardan evakuatsiya qilingan fuqarolarga ko‘rsatga yordami ham xotiralarda abadiy qoladi, dedi ekspert.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gasparyan Mirziyoyev nega Toshkentda sovet davridagi nomlarni qaytarayotgani haqida