16:38 / 05.05.2018
4 679

Tergovni ijobiy hal qilib bermoqchi bo‘lgan shaxs 8 ming dollar bilan ushlandi

Терговни ижобий ҳал қилиб бермоқчи бўлган шахс 8 минг доллар билан ушланди
Toshkent viloyati «Barkamol Avlod» bolalar ijodiyot markazi mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi davomida aniqlanishicha, mazkur markazning sobiq xodimi, hozirda «El madad» MChJ ish yurituvchisi O.S. (1991 y.t.) markaz mansabdor shaxslarining ishonchiga kirib, ulardan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasidagi masalalarni “ijobiy hal qilish” evaziga pul mablag‘lari talab qilib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda viloyati prokuraturasi axborot xizmati ma’lumotiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

O‘tkazilgan tezkor-tergov tadbiri jarayonida O.S. markaz mansabdor shaxslaridan 8000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.S.ga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tergovni ijobiy hal qilib bermoqchi bo‘lgan shaxs 8 ming dollar bilan ushlandi