16:59 / 05.05.2018
4 516

10 ming dollarga «uxlatgan» shaxs qidirilmoqda

10 ming dollarga «uxlatgan» shaxs qidirilmoqda
Toshkent shahrining Bektemir tumanida jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yil 5 aprel kuni Shayxontohur tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan Sh.S. Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi O.Sh.ga bir hafta ichida sement mahsulotlari olib berishini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, undan 10 ming AQSh dollarini olib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 10 ming dollarga «uxlatgan» shaxs qidirilmoqda