21:41 / 05.05.2018
4 357

Bosh prokuraturada majburiy mehnatning oldini olish choralari ko‘rib chiqildi

Bosh prokuraturada majburiy mehnatning oldini olish choralari ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o‘quv kurslarida Xalqaro mehnat tashkiloti hamda O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi bilan hamkorlikda «Xalqaro va milliy mehnat standartlari» mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy o‘quv kurslari tinglovchilari, professor-o‘qituvchilar, Bosh prokuratura xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmatiga tayanib Xabar.uz xabar berdi.

Seminar doirasida O‘zbekistonda mehnat munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari hamda mazkur sohadagi halqaro va milliy mehnat standartlari, shuningdek, bolalar va majburiy mehnatning oldini olish bo‘yicha choralarni kuchaytirishga doir masalalar muhokama etildi.

Tadbir davomida mehnat munosabatlarini tartibga solish va mehnat qonunchiligi buzilishlarining oldini olish dolzarbligi hamda mazkur yo‘nalishda tegishli vazirlik, idoralar, davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish zaruriyati alohida qayd etildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va fikr almashdilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuraturada majburiy mehnatning oldini olish choralari ko‘rib chiqildi