14:31 / 09.05.2018
5 519

Sirdaryodagi gaz quyish shoxobchasida Nexia gaz balloni portladi

Sirdaryodagi gaz quyish shoxobchasida Nexia gaz balloni portladi
Foto: IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi
Sirdaryo viloyatining gaz quyish shoxobchalaridan birida Nexia gaz balloni portladi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga tayanib Daryo xabar berdi.

Hodisa Sirdaryo tumanidagi Bunyodkor mahallasida joylashgan «Trans-kuch-servis» MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘ldi.

Gaz to‘ldirilayotgan paytda gaz balloni yorilib ketishi tufayli mashina texnik shikastlandi.

Yuz bergan voqea oqibatida jarohatlanganlar bo‘lmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryodagi gaz quyish shoxobchasida Nexia gaz balloni portladi