16:53 / 09.05.2018
6 793

Jizzaxda “Neksiya” avtomashinasi ishtirokida mudhish YTH yuz berdi

Jizzaxda “Neksiya” avtomashinasi ishtirokida mudhish YTH yuz berdi
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida 8 may kuni mudhish yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashagan A.Sh. “Neksiya” rusumli avtomashinasini M-39 “Toshkent-Termiz” yo‘lining 953-km.da haydab ketayotib uxlab qolishi oqibatida, yo‘lning marzasida to‘xtab turgan, Toshkent viloyatida yashovchi Sh.B. boshqaruvidagi “MAN” yuk avtomashinasining tirkamasiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi A.Sh. va uning yo‘lovchisi E.X. jarohat olib voqea joyida hamda qolgan ikki yo‘lovchilari jarohat olib kasalxonaga keltirilganlarida vafot etganlar, shuningdek, yana bir yo‘lovchi R.O. kasalxonaga yotqizilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda “Neksiya” avtomashinasi ishtirokida mudhish YTH yuz berdi