Aholining oltin yombilar sotib olishiga ruxsat berilishi mumkin

  • 11 may 2018, 10:32
  • 2 427
  • Jamiyat
  • Aholining oltin yombilar sotib olishiga ruxsat berilishi mumkin
    Jismoniy shaxslarga banklarda shaxsiy qimmatli metall hisoblarini ochishga ruxsat beruvchi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi, deb ma’lum qiladi «Xabar.uz».

    Markaziy bank aholining oltin yombilar sotib olishiga ruxsat berishni taklif qildi. Bu Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan prezident qarori loyihasida nazarda tutilgan.

    «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar» qonuni loyihasi qimmatbaho metallarni nafaqat yuridik shaxslarga, jismoniy shaxslarga ham omonat sifatida saqlashga ruxsat berilishini taklif qiladi.

    «Muomalaga chiqarilgan yombilardan jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Resbuplikasi rezidenti bo‘lmaganlar ham sarmoya sifatida foydalanishlari mumkin», — deyiladi hujjatda.

    Yombilarni so‘mga sotish ko‘zda tutilgan.

    Hozir O‘zbekistonda faqat sanoqli yuridik shaxslargina qimmatli metallar muomalasi bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Agar hujjat qabul qilinsa, aholi banklarda o‘z qimmatli metallar hisoblarini ochishlari mumkin bo‘ladi.

    Misol uchun, Rossiyada yombilarni sotib olish va uni bankka qo‘yish mumkin. Bunday omonatlar yiliga 30 foizgacha daromad keltiradi (taqqoslash uchun: O‘zbekiston banklari tomonidan taklif etiladigan so‘mli omonatlar 20 foiz, valyuta omonatlari 10 foizdan oshmaydi).

    Loyiha 25 maygacha muhokamaga qo‘yilgan. Hujjat qabul qilinsa, uning kuchga kirish muddati 2 iyulga rejalashtirilgan.

    Фикрлар

    » » Aholining oltin yombilar sotib olishiga ruxsat berilishi mumkin