O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qirg‘izistonga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat etdi, deb ma’lum qiladi Darakchi nashri.
Xabarda ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining "Chet el fuqarolarining va fuqaroligi yo‘q shaxslarning Qirg‘iziston hududida ro‘yxatdan o‘tishi" to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, chet elliklar, shu jumladan O‘zbekiston fuqarolari ham Qirg‘iziston davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab, 5 ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tishlari shart.
Shuningdek, Qirg‘iziston hududida o‘rnatilgan tartiblarga rioya qilmagan shaxslarga nisbatan Qirg‘iziston Respublikasi qonunchiligida belgilangan 10 000 som miqdorida jarima jazosi qo‘llanilishi haqida ogohlantirilgan.
Batafsil ma’lumotni O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi rasmiy veb-sahifasidan (www.uzbekistan.kg) yoki elchixonaning konsullik bo‘limidagi +996 (312) 986-296 telefon raqami orqali murojaat qilib olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda