11:31 / 15.05.2018
12 035

Uch oyatli suradagi o‘n mo‘’jiza

Uch oyatli suradagi o‘n mo‘’jiza
Ma’lumki, Qur’oni karimdagi eng ixcham suralardan biri “Kavsar” surasidir. Bu sura atigi uch oyatdan iboratdir. Lekin, Alloh ta’olo O‘zining qudratini, eng kichik surasining birida “o‘n” raqamiga bog‘liq qilib o‘nta mo‘’jiza ko‘rsatganligi insonni hayratga solmay iloji yo‘q. Bu raqamlardagi sonlar bir dona ko‘p yoki bir dona kam bo‘lmay, ayni o‘nta ekanligini ko‘rib beixtiyor “Subhanalloh” deb yuborasan kishi. Chunki bunday mo‘’jiza faqat olamlarning Robbisi tomonidan bo‘lishi mumkin xolos. To‘g‘ri, bu mo‘’jizalarning hammasi arab alifbosidagina ko‘rinadi. Zero, Allohning kalomining mo‘’jazligi, nozil bo‘lgan tilidagina namoyon bo‘ladi. Keling, ularni bir-bir sanab chiqamiz:

1. Suraning kalimalarini adadi o‘ntadir.

2. Suraning avvalgi oyatida hijo harflarinig o‘ntasi qo‘llangan.

3. Suraning ikkinchi oyati ham, o‘nta hijo harflaridan tashkil topgan.

4. So‘nggi oyatda ham o‘nta hijo harflari mavjud.

5. Surada eng ko‘p takrorlangan harf “alif” bo‘lib u ham o‘ntadir.

6. Surada faqat bir marta kelgan harflarning adadi o‘ntadir.

7. Surada “harfi muqattaot”lardan bo‘lmagan harflar o‘n marta takrorlangan.

8. Suraning barcha oyatlari “ro” harfi bilan tugagan. “Ro” harfi esa harfi hijoiyalarning o‘ninchi tartibida turadi.

9. Qur’oni karimda oyatlari “ro” harfi bilan tugaydigan suralarning soni o‘nta bo‘lib, Kavsar surasi o‘ninchi o‘rinda turadi.

10. Suraning so‘nggi oyatida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga “Qurbonlik qiling” deb buyurilgan. Bu qurbonlikni so‘yish amali zulhijja oyining o‘ninchisidan boshlanadi.

Yuqoridagi muborak suraning o‘zbek tilidagi ma’nolariga bir nazar tashlasak, foydadan xoli bo‘lmas.

Kavsar surasi

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.

1. (Ey Muhammad) Biz sizga Kavsarni ato etdik.

2. Bas, Robbingizga namoz o‘qing va qurbonlik qiling.

3. Albatta sizni ayblovchining o‘zi mahrumdir.

Suraning o‘qilishi va yod olishning osonligi, har bir oyatning vaznlari va “qofiya”larining bir-biriga o‘ta mutanosibligi, Alloh ta’oloning O‘zi ham, so‘zi ham naqadar buyuk ekanligiga dalolat qiladi.
Olimjon Abidjonov,
Quvasoy shahar “Islom” masjidi imom noibi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uch oyatli suradagi o‘n mo‘’jiza