13:26 / 15.05.2018
7 667

Endi haydovchilik guvohnomasini almashtirish yanada osonlashdi

Endi haydovchilik guvohnomasini almashtirish yanada osonlashdi
14 may kunidan boshlab haydovchilik guvohnomasi va uning ogohlantirish talonini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish Adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasining markazlarida qo‘shimcha test rejimida amalga oshiriladi, deb xabar berdi poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati.

Xizmatlar quyidagi manzillarda amalga oshiriladi:
  • Yunusobod tumani davlat xizmatlari markazi – Yunusobod tumani, Osiy ko‘chasi 4-«A» uyda joylashgan. Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumani aholisiga xizmat ko‘rsatadi;
  • Uchtepa tumani davlat xizmatlari markazi – Uchtepa tumani, Farhod ko‘chasi, 21-uyda joylashgan. Uchtepa, Chilonzor hamda Sergeli tumani aholisiga xizmat ko‘rsatadi;
  • Mirobod tumani davlat xizmatlari markazi – Mirobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 31-uyda joylashgan. Mirobod, Bektemir, Yashnobod va Yakkasaroy tumani aholisiga xizmat ko‘rsatadi.

Xizmat ko‘rsatish vaqti – dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha. Tushlik 13:00 dan 14:00 gacha.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi haydovchilik guvohnomasini almashtirish yanada osonlashdi