17:16 / 15.05.2018
6 278

Hurmatli advokatlar, buncha oshig‘ingiz olchi? (Davomi bor)

Hurmatli advokatlar, buncha oshig‘ingiz olchi? (Davomi bor)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 maydagi №PF-5441-sonli “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2018 yilning 1 iyulidan boshlab,

- advokat nizolarni sudgacha hal qilish, tomonlarni yarashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek hakamlik sudyasi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘lishi, advokat tomonlardan birining vakili bo‘lgan holatlar bundan mustasno;

- advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun advokatlik tuzilmasida majburiy stajirovka o‘tash muddati olti oydan uch oyga qisqartiriladi, bunda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimlari va sudya, tergovchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil faoliyat yuritgan shaxslar majburiy stajirovkadan ozod etilishi;

- litsenziyani tugatish uchun asos bo‘ladigan advokat tomonidan uzrli sabablarsiz o‘z kasb majburiyatlarini bajarmaslik muddati amaldagi uch oydan olti oyga uzaytirilishi;

- sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish to‘g‘risidagi ayblov hukmi kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini belgilangan tartibda yozma xabardor qilishi;

- faoliyat yuritayotgan advokatlar va yangidan advokat maqomini olgan shaxslar Advokatlar palatasi tomonidan Adliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan har bir tanlangan mutaxassislik bo‘yicha alohida litsenziya asosida yuridik yordam ko‘rsatadilar. Bunda faoliyat yuritayotgan advokatlarning litsenziyalarini qayta rasmiylashtirish ularni tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha qayta attestatsiyadan va yig‘imlarni to‘lashdan ozod etgan holda amalga oshirilishi;

- advokat maqomini olish bo‘yicha malaka imtihonini takroran topshirish muddati bir yildan olti oygacha qisqartirilishi belgilab quyildi.
X.Ravshanov

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hurmatli advokatlar, buncha oshig‘ingiz olchi? (Davomi bor)