08:03 / 16.05.2018
8 318

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ramazon suhbatlari” efirda berib boriladi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ramazon suhbatlari” efirda berib boriladi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayh umrini Islom dini xizmatiga bag‘ishlagan, minglab shogirdlar tayyorlagan, yuzlab kitoblar yozgan yetuk olim edi.

Darhaqiqat, bunday yetuk allomalar yuz yilda bir tug‘iladi, degan gapda jon bor. Ammo ular qoldirgan ilmiy meros asrlar davomida odamzodga xizmat qiladi, qalblarni nurlantiraveradi.

Muborak oyda yurtdoshlarimizga “Umar ibn Xattob” serialini namoyish etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan MilliyTV ijodkorlari yana bir Ramazon tuhfasini tayyorladilar.

Islom.uz portalining oltin fondidan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ramazon suhbatlari” mazkur telekanal orqali efirga uzatiladi.

Bir oy davomida har kuni soat 18.40 da MilliyTV orqali insonlarni ezgulikka chorlovchi, qalbga malham bo‘lguvchi suhbatlarni tinglang.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ramazon suhbatlari” efirda berib boriladi