Foto: «President.uz»
«Xalq so‘zi» gazetasi muxbiri Anvar Mirzayev Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifiga doir mahalliy gazetalarda chop etilgan materiallardan iqtiboslar keltirdi.
Xususan, nufuzli «The Washington Post» gazetasida yozilishicha, Donald Tramp va Shavkat Mirziyoyev mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘llarini muhokama qiladi.
Ko‘p sonli o‘quvchilarga ega «The New York Times» gazetasining qayd etishicha, muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda turli sohalarda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar haqida amerikalik siyosatchilar, ekspertlar yaqindan xabardor bo‘lishadi. «Chunki keyingi ikki yil ichida respublikada muhim o‘zgarishlar jarayoni boshlangan bo‘lib, Vashingtonda ushbu voqea-hodisalarga katta qiziqish bildirilayapti», deydi nashr vakillari.
«Yana bir muhim masala — ikki tomonlama savdo-sotiqni kengaytirish va o‘zaro sarmoyalar hajmini oshirishdan iboratdir», deyiladi AQShning eng yirik axborot agentligi «Associated Press» tarqatgan xabarda.
Ekspertlar va tahlilchilar orasida mashhur bo‘lgan «The National Post» xabar qilganidek, ikki davlat rahbarlari «Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq o‘ta muhim masalalarni ko‘rib chiqadilar. Bunda asosiy e’tibor Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratiladi».
O‘zbekiston rahbarining Vashingtonga tashrifi haqidagi salmoqli materiallarni «Los Angeles Times», «Star Tribune», «Chron», «Herald Dispatch», «Standard Journal» singari yirik nashrlar hamda qator boshqa ommaviy axborot vositalari ham chop etdilar.
Oliy darajadagi O‘zbekiston — Amerika muzokaralari ekspertlar orasida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. Jumladan, «Stratfor» tahlil markazi Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifini «haftaning eng muhim geosiyosiy voqealaridan biri» sifatida tilga oldi. Yana bir «aql markazi» Atlantik Kengash (The Atlantic Council) saytida joylashtirilgan maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. Chunonchi, unda mamlakatning tashqi dunyoga ochilishini ta’minlash, davlat va jamiyat munosabatlarini mutlaqo yangitdan yo‘lga qo‘yishga qaratilgan mazkur o‘zgarishlar «Markaziy Osiyo tarixida yangi sahifa ochdi», deya ta’kidlanadi.
Vashingtonda joylashgan Tinchlik va urush masalalari instituti ekspertlarining yozishicha, qisqa davr ichida O‘zbekiston rahbari tashabbusi bilan muhim islohotlar, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish tuzilmalarida yirik o‘zgarishlar amalga oshirilib, ularning huquq va vakolatlari aniq belgilab qo‘yilgani qayd etiladi. O‘z navbatida, Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti veb-saytida joylashtirilgan maqolada O‘zbekistondagi iqtisodiy modernizatsiya jarayonlariga yuqori baho berildi.
Mazkur jarayon nafaqat aholi farovonligini yuksaltirish, balki davlatning strategik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qilishi e’tirof etildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi