15:27 / 16.05.2018
4 042

Adliya vazirligi rasmiy veb-saytida “onlayn-maslahatchi” xizmati ishga tushiriladi

Adliya vazirligi rasmiy veb-saytida “onlayn-maslahatchi” xizmati ishga tushiriladi
Xalqaro oila kuni munosabati bilan vazirlik tomonidan “Oilaga huquqiy yordam” aksiyasi o‘tkazildi.

1993 yil BMT Bosh Assambeyasi 15 mayni Xalqaro OILALAR kuni (International Day of Families) deya e’lon qilgan bo‘lib, bu kun butun dunyoda nishonlanadi.

Bu bilan tashkilot oilalarda mavjud muammolarga jamoatchilik e’tiborini qaratish, oila institutini rivojlantirish va qadriyatlarni asrab qolishni maqsad qilgan.

Yurtimizda yiliga o‘rtacha 300 mingdan oshiq yangi oilalar paydo bo‘ladi.

Masalan, o‘tgan yili FHDYo organlari tomonidan 306 197ta nikoh qayd etilgan.

2018 yil I choragida Respublikamizda 52 026 ta yangi oilalar paydo bo‘lgan bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan (3 513ta) 1,6 foizga ko‘pdir. Eng ko‘p nikoh Samarqand 5 998ta (11,5 foiz), Farg‘ona 5 426 ta (10,4 foiz) viloyatlarida qayd qilingan.

Aksiya davomida oila masalasidagi qonunchilik bo‘yicha vazirlik mutaxassislari va FHDYo organlari xodimlaridan iborat ekspertlar guruhi tomonidan internet foydalanuvchilardan kelib tushgan savollarga javob berishga harakat qilindi.

Aksiya davomida internet foydalanuvchilardan 418ta savol kelib tushdi.

Eng ko‘p savollar ajrashish, aliment, arzon-uy joy olish, farzandlikka olish tartibi, kam ta’minlangan oilalarga ajratiladigan nafaqalarga taalluqlidir.

Soat 15:00 dan 15:33ga qadar Facebook tarmog‘ida adliya vaziri o‘rinbosari A. Tashkulov tomonidan o‘tkazilgan onlayn muloqotda foydalanuvchilardan kelib tushgan 70 ga yaqin savolga javob berildi.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, bir qator savollar aksiya reglamentiga mos kelmaganligi tufayli ko‘rib chiqilmagan.

Shu bilan birga, aksiya reglamentiga to‘g‘ri kelmagan ayrim savollarga tez orada vazirlikning telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalining “So‘ragan edingiz” rukni orqali javob beriladi.

Mazkur aksiya huquqiy masalalarda bu kabi onlayn muloqotning juda zarur ekanligini ko‘rsatdi. Shundan kelib chiqib, vazirlik veb-saytida “onlayn-maslahatchi” xizmatini ishga tushirish belgilab olinib, zarur tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi rasmiy veb-saytida “onlayn-maslahatchi” xizmati ishga tushiriladi