00:30 / 18.05.2018
4 737

Ruslanbek Davletov: «Bizni qiynayotgan byurokratiyadan xoli bo‘lishimiz kerak» (video)

Ruslanbek Davletov: «Bizni qiynayotgan byurokratiyadan xoli bo‘lishimiz kerak» (video)
Vashingtonda «Amerika Ovozi» muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan intervyu uyushtirdi.

Jurnalistning savollariga javob berar ekan, qisqa muddatda islohotlarni amalga oshirish va adolatli jamiyat qurish oson emasligini, hozir elektron davlat xizmatlari turlari va qamrovini kengaytirish orqali jamiyatni qiynayotgan byurokratiyadan xoli bo‘lishga harakat qilinayotganini ta’kidlab o‘tgan vazir.

O‘zbekistonda sud mustaqilligi haqida so‘z ketar ekan, muxbir «Amerika bu borada qanday yordam ko‘rsatishi mumkin?» degan savolni o‘rtaga qo‘yadi va «Adliya vazirligi AQShning o‘z g‘oyalarini singdirishga urinishi ehtimolidan cho‘chimaydimi», deb qo‘shimcha qiladi.

«Har bir jamiyatning o‘ziga xos qadriyatlari, madaniyati va an’alari bor va boshqa andozalarni 100 foiz qabul qila olmasligi tabiiy hol. Masalan, AQShning o‘zida ham turli Shtatlarda qonun standartlarida har xil yondashuvlar, katta farqlar bor. Shunday ekan, bu yerda bir-biriga qaysidir standartlarni, g‘oyalarni singdirish emas, tajriba almashish va o‘rganish nuqtai nazaridan hamkorliklar o‘rnatilmoqda», deb javob bergan Ruslanbek Davletov.

Suhbatni to‘liqligicha quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ruslanbek Davletov: «Bizni qiynayotgan byurokratiyadan xoli bo‘lishimiz kerak» (video)