19:26 / 18.05.2018
5 579

Toshkentda saxovatli insonlar saharlik taomini bepul tarqatmoqdalar

Toshkentda saxovatli insonlar saharlik taomini bepul tarqatmoqdalar
Toshkent shahrida bir guruh sahovatli insonlar ehtiyoji bor insonlar uchun saharlik taomini (osh, yetkazib berish ham) bepul tarqatmoqdalar.

Azon.uz'ga ma’lum qilinishicha, saharlik taomi quyidagi kishilarga bepul tarqatiladi:

– Nogiron;

– Bemor;

– Musofir;

– Talaba va saharlikka taom tayyorlashga imkoniyati bo‘lmay qolgan kishilarga.

Feysbuk faoli Abduvohid Atametovning aytishicha, bu xizmat hozircha Olmazor va Shayxontohur tumanlari ichida amal qiladi. Niyatimiz: shahrimizning barcha tumanlarida shu xizmatni tashkil qilish. Homiylik va hamkorlik taklifi bo‘lsa, qabul qilinadi. Murojaat uchun telefon: +998 98 307 54 97 (Abduvohid).

Shuningdek yana bir saxovatli inson Abduqodir Nabiyev ham shu xizmatni qilish istagida ekanini yozgan holda, hozircha Shayxontohur tumaniga yetkazib berishini aytgan. Murojaat uchun telefon: +998 97 750 15 25.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda saxovatli insonlar saharlik taomini bepul tarqatmoqdalar