10:53 / 19.05.2018
6 933

Toshkent shahar hokimligi yangi binoga ko‘chmoqda

Toshkent shahar hokimligi yangi binoga ko‘chmoqda
Foto: «Norma.uz»
Yaqin kunlarda Toshkent shahar hokimligi yangi binoga ko‘chib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda «Xabar.uz» xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hokimlik shahardagi Islom Karimov ko‘chasiga ko‘chishi rejalashtirilgan. Bu ko‘chada hozir yangi megapolis — «Tashkent city» xalqaro biznes markazi qurilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 26 aprel kuni Toshkent shahar hokimligida Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida navbatdan tashqari bo‘lib o‘tgan 35-sessiyada Toshkent shahar hokimi lavozimiga Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodi bir ovozdan tasdiqlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar hokimligi yangi binoga ko‘chmoqda