14:21 / 19.05.2018
5 746

Toshkentda "shapka" so‘ragan avtosalon direktori va uning sherigi qo‘lga olindi

Тошкентда "шапка" сўраган автосалон директори ва унинг шериги қўлга олинди
Toshkent shahar IIBB Jinoyat-qidiruv boshqarmasi pora evaziga avtomobil taklif qilgan shaxslarni qo‘lga olish boyicha operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent ShIIBB matbuot xizmati xabariga tayanib Darakchi ma’lum qilmoqda.

Boshqarmaning Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga kiritilgan ma’lumotga ko‘ra, poytaxtlik ikki shaxs «Nexia-3» rusumli avtomobilni 3 ming AQSh dollari ustama haqi evaziga qisqa muddatda yetkazib berishni taklif qilgani ma’lum bo‘lgan. Ulardan biri bevosita shu sohaga aloqador shaxs ekanligi aniqlangan.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida talab qilingan summani olayotgan vaqtda ijtimoiy fondlardan birining ishchisi, 63 yoshli Abror.G. (ism o‘zgartirilgan) hamda uning sherigi – «O‘zavtotexxizmat» MChJ avtosalonlaridan birining direktori Muhammadali.U. (ism o‘zgartirilgan) qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-modda 2-qismi ("firibgarlik") va 211-modda 2-qismi ("pora berish") bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda "shapka" so‘ragan avtosalon direktori va uning sherigi qo‘lga olindi