O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2018 yil 18 maydagi buyrug‘iga asosan Yevgeniy Vyacheslavovich Kolenko O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda mahkama axborot xizmati xabar beryapti.
Ye.Kolenko 1977 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1999 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2013 yilda Bosh prokuraturaning Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.
Kolenko Yevgeniy Vyacheslavovich
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1999 yilda Chilonzor tumani prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004 yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2008 yilda “Jasorat” medali, 2017 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. 2017 yildan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Bosh prokurorning mazkur buyrug‘i bilan Rustam Baxtiyorovich Gafurov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Rustam Baxtiyorovich Gafurov
R.Gafurov 1983 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2005 yilda O‘zbekiston milliy universitetini, 2011 yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2017 yilda Bosh prokuraturaning Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005 yilda Toshkent tumani prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyat prokuraturasida turli lavozimlarda, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2017 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 2018 yildan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda