15:55 / 22.05.2018
6 122

Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrif buyuradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergan edik.

Muloqot avvalida davlatimiz rahbari Vladimir Putinni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti lavozimiga kirishgani bilan yana bir bor samimiy tabriklab, unga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqot davomida davlatlar rahbarlari Rossiya Federatsiyasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifiga tayyorgarlik doirasidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida avval erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish muhim ekani ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan Rossiyaning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida energetika majmuasi, mashinasozlik, elektrotexnika sanoati va boshqa yuqori texnologik tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.

Muloqot so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Prezidentlari turli formatlarda yaqindan hamkorlik qilishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Manba: asr.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrif buyuradi