Shu yilning 20 may kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida maktab o‘qituvchisi N.Sh. IIBga murojaat qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Joriy yilning yanvar oyida noma’lum shaxs uning mobil telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini Navoiy viloyatida yashovchi Aziz Umidov deb tanishtirib, hozirda Namangan viloyati Pop tumanidagi JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan turmush o‘rtog‘i R.R.ni muddatidan oldin ozodlikka chiqarib berishini, buning evaziga 2.800 AQSh dollarini yo‘lovchi taksi orqali Buxoro shahriga yuborishini aytadi.
N.Sh. unga ishonib notanish haydovchi orqali pulni berib yuborgan. Natijada noma’lum shaxs bergan va’dasini bajarmagan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni hozirda Buxoro viloyati JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan J.T. sodir etganligi aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi